Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyat boʻlimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-apreldagi tegishli Farmoniga binoan jazodan ozod etilgan 11 nafar shaxs bilan viloyat sektor rahbarlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan uchrashuv davomida jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning aniqlangan muammolarining ayrimlari bartarf etilgan boʻlsa, vaqt va mablagʻ talab etadigan murojaatlarini boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berildi.
Oʻz muxbirimiz.
Qashqadaryo viloyati.
