IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7261-sonli harbiy qismda sogʻlom turmush tarziga amal qilish, sogʻliqqa salbiy taʼsir qiluvchi yomon odatlar va mavsumuiy kasalliklar yuzasidan seminar-trening tashkil etildi. Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Tibbiyot boʻlimi poliklinikasi shifokorlari, otorinolaringolog Z. Arzimova va psixiatr Q. Abdurahmonova “Alkogolizm va chekishning sogʻliqqa taʼsiri, ularning asoratlari” va “Mavsumiy oʻtkir respirator kasalliklar, gripp va COVID-19 kasalliklari profilaktikasi” mavzulari boʻyicha maʼruzalar qilishdi. Yomon odatlarga oʻrganib qolmaslik, kasalliklardan himoyalanish va ularning profilaktikasi yuzasidan harbiy xizmatchilarga zarur tavsiyalar berildi.