.Taʼkidlanishicha, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda nazarda tutilgan yoʻl harakati sohasidagi huquqbuzarliklar uchun belgilangan maʼmuriy javobgarliklar miqdori hozirgi zamon talablari va xavflilik darajasiga toʻliq javob bermaydi.
Ushbu qonun bilan maʼmuriy huquqbuzarliklarning xavflilik darajasidan kelib chiqib, maqbullashtirish maqsadida 5 ta modda sanktsiyasi miqdori kamaytirilmoqda. Xususan, transport vositalari egalari tomonidan sugʻurta polisini olmaganlik yoki muddati oʻtgan sugʻurta polisi yoki sugʻurta polisida nazarda tutilmagan shaxs avtotransport vositasini boshqargani, yoʻlovchilarni litsenziyasiz tashish bilan shugʻullangani, pasport tizimi qoidalarini buzgani, fuqarolar tomonidan valyuta qiymatliklarini noqonuniy olish yoki oʻtkazish uchun jarima miqdori kamaytirilmoqda.
