Kun qahramoni

Joriy yilning 9 dekabr kuni taxminan tungi soat 22:30 lar edi. Bektemir tumanida joylashgan “Sharq” YPX maskanida “Neksiya-3” rusmuli avtoluov toʻxtatiladi. Ushbu avtoulov haydovchisi V. T. oʻzini bejo tuta boshlaydi. Shundan soʻng, avtoulov salonidagi bardachok ichida toʻq jigarrang, oʻtkir hidli saqichsimon giyohvandlik moddasi topiladi.

Ushbu jinoyatni fosh etishda hakmkasblari bilan birgalikda Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi K va OTDHXT maxsus bataloni inspektori, katta serjant Jasur Toʻraboyev ham jonbozlik koʻrsatdi.

U joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 30 ga yaqin giyohvandlik, 5 ta psixotrop modda, 5 ta qidiruv va 10 ga yaqin spirtli isimlik isteʼmol qilib avtoulov boshqargan shaxslarni aniqlashda ishtirok etgan.

Jumladan, 11 dekabr kuni “Sharq” YPX maskanidan oʻtib ketayotgan avtoulov hujjatlarini tekshirish uchun toʻxtatilganida, haydovchi 1985 yilda Namangan viloyati Mingbuloq tumanida tugʻilgan S. B. muqaddam jinoyat sodir etib, qidiruvda ekanligi aniqlangan.

Qahramonimiz J.Toʻraboyev 1989 yilda Toshkent viloyati Boʻka tumanida tavallud topgan. Ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 2014 yildan boshlagan. 2018 yildan eʼtiboran hozirgi lavozimida xizmat qilib kelmoqda.

Sarvar SOBIROV,

«Postda» muxbiri.