Urganch tumanidagi “Cholish” blok-postida Xorazm viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi. Tadbirda viloyatga kirib kelayotgan samarqandlik T.P. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina shubha uygʻotganligi uchun toʻxtatildi. Avtomashina saloni hamda yoʻlovchining yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi modda hisoblangan 150 dona flakondagi umumiy ogʻirligi 15 gramm boʻlgan “Tropikamid” borligi maʼlum boʻldi.

  Ayni kunda mazkur holat yuzasidan T.P.ga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xudoybergan JABBOROV,

“Postda” muxbiri.

Xorazm viloyati.