Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari, polkovnik Farrux Tairov Shahrisabz tumanidagi “Shamaton” MFYda sektor rahbarlari, mutasaddi idoralar vakillari ishtirokida sayyor qabul oʻtkazdi.

Sayyor qabulda fuqarolarning 24 ta murojaati tinglandi. Murojaatlar asosan elektr energiyasi va suyultirilgan gaz taʼminoti, yoʻllarni asfalʼtlashtirish, davolanish uchun tibbiy yoʻllanma olish, oʻzini oʻzi band etish uchun ish qurollari va boshqa masalalardan iborat boʻldi.

Murojaatlardan 8 tasi ijobiy hal qilindi. Jumladan, “Tanxoz” MFYda yashovchi Jahongir Dollievga oʻzini oʻzi band qilishi uchun motokulʼtivator, “Chorbogʻ” mahallasida yashovchi Muhammad Murtozaevga payvandlash apparati va fuqaro Humoyun Axmatqulovga kompyuʼter berildi.

Sayyor qabulda oʻrganish vaqt talab etadigan 16 murojaat ish yurituviga olinib, ijrosini taʼminlash masʼullarga biriktirildi.

Sodiq RAHIMOV,

oʻz muxbirimiz.

Qashqadaryo viloyati.