Ramazon oyida eʼtiborga muhtoj oilalarning holidan xabar olish, ularga koʻmak berish xalqimizga xos ezgu qadryatlardan. Oʻzbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7254-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan ham bu borada xayrli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Yaqinda mazkur harbiy qismda uzoq yillar xizmat qilib sharafli va masʼuliyatli burchini ado etgan, 2020 yilda kasallik tufayli vafot etgan kichik serjant Habibillo Joʻramirzayev xonadoniga bir guruh harbiy xizmatchilar tashrif buyurib, marhum harbiy xizmatchining oila aʼzolari holidan xabar olishdi.
B. Moʻnisov,
podpolkovnik.
