Boyovut tumani IIB HPB tomonidan Sadriddin Ayniy nomidagi mahallada profilaktik tadbir oʻtkazildi. Tuman IIB HPB XQMB katta inspektori, leytenant Surayyo Poʻlatova mahalladagi uchta nizoli oilada boʻlib, xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlik, tazyiqlarning oldini olish, muhitni sogʻlomlashtirish, oʻzaro tushunmovchiliklarni bartaraf etishga oid tushuntirish ishlarini olib bordi. Tadbir davomida bitta oiladagi ijtimoiy muammolar hal etildi.  

Abdurahmon MUSTAFOQULOV, 

“Postda” muxbiri.

Sirdaryo viloyati.