Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida”gi 431-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida bir qator samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, viloyat IIBda profilaktika inspektorlarini onlayn sud jarayonida ishtirok etish tartibi yuzasidan amaliy oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Bunda 50 nafar sud jarayonida masʼul profilaktika inspektorlari ishtirok etdi. Joriy yilning 1 sentyabridan boshlab maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarni sudlarda koʻrib chiqishning yangi tartibi joriy etildi. Unga koʻra, ish hujjatlari toʻliq elektron shaklda tizimga kiritiladi va shu shaklda koʻrib chiqiladi. Yaʼni, ish hujjatlarining qogʻoz shakli sudlarga taqdim etishga chek qoʻyiladi. Sud majlislari masofadan turib mobilʼ videokonferensaloqa tizimidan foydalanilgan holda oʻtkaziladi. Joriy etilgan bu kabi imkoniyatlar Ichki ishlar sohasida, yaʼni Huqubuzarliklar profilaktikasi boʻlimida manfaatli natijalar berishi shubhasiz.

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.