Fargʻona viloyatning Oʻzbekiston tumanida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, sohaga innovasion texnologiyalarni joriy etish va fuqarolar oʻrtasida yoʻlllarda harakatlanish madaniyatini yuksaltirish maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, joriy yilning oʻtgan davrida “Qoʻqon – Mingtut – Aeroport”, “Qoʻqon – Yaypan – Isfara”, “Yaypan – Oʻqchi – Shoyimbek” yoʻnalishidagi yoʻllarning bir necha joyiga shovqin chiqaruvchi chiziqlar chizildi, koʻchma svetofor va mayoqlar oʻrnatildi.

Tumandagi bir necha umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotining oldiga asfalʼt qoplamasi yotqizilib, sunʼiy notekislik hosil qilindi. Shoʻrsuv qishlogʻida 5 ta sunʼiy notekislik yaratilib, koʻchma svetofor oʻrnatilgani ham harakat xavfsizligini ishonchli taʼminlash va haydovchilarni hushyorlikka chaqirishda muhim omil boʻlmoqda.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.