Joriy yilning 20 avgust kuni Yangiyoʻl tumani hududidan oʻtgan M39 halqaro avtomobil yoʻlida xizmat olib borayotgan YPX inspektori, kichik serjant J.Ergashev tomonidan qidiruvdagi fuqaro qoʻlga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB Axborot xizmati xabar beradi.
YPX inspektori yoʻlovchining shaxsiga oydinlik kiritish maqsadida unga tegishli maʼlumotlarni planshet bazasiga kiritganda, 1987 yilda tugʻilgan Surondaryo viloyatida yashovchi fuqaro D.A. ekanligi aniqlandi.
Maʼlum boʻlishicha, yoʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qilish) bilan ayblanib, unga Surxondaryo viloyati IIB tomonidan 2022 yilning 9 iyul kuni qidiruv eʼlon qilingan ekan.
Qidiruvdagi shaxs Yangiyoʻl tumani Iibga topshirildi.
