Navoiy viloyati IIBda maxsus boʻlinmalarning xizmat va jangovar tayyorgarlik darajasi, xizmatni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda jangovar vazifalarni bajarishda yuqori kasbiy va professional tayyorgarlikni taʼminlash, amaliy oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishda xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya etish, shuningdek shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash boʻyicha tushunchalar berildi.
Bundan tashqari, oʻtkazilishi kutilayotgan siyosiy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish, rahbariyat tomonidan berilgan topshiriqlarni soʻzsiz, tezkor va sifatli bajarish borasida koʻrsatma va tavsiyalar berildi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
