Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida viloyat ichki ishlar organlari tizimida faoliyat olib borayotgan ayol xodimlar ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.
Unda asosan xizmat intizomi, “Xotin-qizlar bilan ishlash xaritasi” boʻyicha oʻtgan yili amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi. Biryoʻla 2023 yilda mazkur yoʻnalish boʻyicha rejalashtirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Yigʻilish davomida Xotin-qizlar kengashi raisi oʻrinbosari hamda kengash aʼzolari ovoz berish orqali saylab olindi. Shuningdek, Xotin-qizlar kengashi aʼzolari bilan yaqinda oʻtkazilishi kutilayotgan “Fidoyi ayol xodima” koʻrik-tanloviga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish masalasi ham koʻrib chiqildi.
Feruza RAHMONQULOVA,
“Postda” muxbiri.
Surxondaryo viloyati.
