Hududda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida targʻibot-tashviqot olib borish ichki ishlar organlari faoliyatida muhim oʻrin tutadi. Navoiy davlat pedagogika institutining jismoniy madaniyat fakulteti talabalari va ularning ota-onalari bilan oʻtkazilgan uchrashuv ham buni tasdiqlaydi.
Tadbirda soʻzga chiqqan mutasaddilar hamda viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari, Tergov boshqarmasi boshligʻi yoshlar, xususan talabalar tomonidan sodir etilayotgan qonun buzilish holatlari har birimizni tashvishga soluvchi, mulohazaga chorlovchi masala ekanligini taʼkidlashdi. Yoshlar oʻrtasida qayd etilyotgan jinoyatlar, jumladan firibgarlik, oʻgʻrilik va terrorizm kabi holatlarning hamda kiberjinoyatlarning oldini olish boʻyicha tushuntirishlar va tavsiyalar berildi. Ota-onalarga esa oʻz farzandlari tarbiyasi hamda taʼlim olish jarayonlarini nazorat qilib borishlari lozimligi aytildi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
