“Zarbdor oyligi” tadbirlari


Viloyat ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi institutining Buxoro filiali talabalari oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda viloyat hududida aynan yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlar xususida soʻz yuritilib, keyingi vaqtlarda yoshlar orasida giyohvand moddalar isteʼmoli, ularning noqonuniy savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir etilayotgan oʻgʻirlik va firibgarlik jinoyatlarining turli koʻrinishlari, sodir etishning usul va uslublari hamda yangicha koʻrinishlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarimiz ongini zaharlash, turli yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolish holatlari va qasddan tan jarohati yetkazish bilan bogʻliq jinoyatlar, qolaversa, erta turmush, erta tugʻruq, oʻz joniga qasd qilish borasida yuzaga kelayotgan muammolar birma-bir tahlil qilinib, yigʻilish ishtirokchilari eʼtiboriga yetkazildi. Shuningdek, talabalarga ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tayyorlangan firibgarlik va oʻgʻirlik jinoyatlarining barvaqt oldini olishga qaratilgan, fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi bukletlar tarqatildi.

Institut QVZ jamoasi tomonidan koʻrsatilgan sahna koʻrinishi bilan uchrashuv yanada taassurotlarga boy boʻldi. Uchrashuvda ishtirok etgan yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berilib, ularning huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan bildirgan taklif hamda tavsiyalari qabul qilindi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.