Urganch davlat universitetida yoshlar oʻrtasida jinoyat hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat xavfsizligini taʼminlashga bagʻishlangan profilaktik targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. 

Yigʻilishda viloyat IIB JXX JTSB boshligʻi, polkovnik Sardorbek Raximov ishtirok etib, hududda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan maʼlumotlar berdi. Shuningdek, tadbirda talabalar tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklar va ularning salbiy oqibatlari aniq misollarda taʼkidlab oʻtildi. Uchrashuvda inson hayotiga xavf soluvchi tigʻli jismlarni olib yurish qonunga xilof ekanligi boʻyicha ham tushuntirishlar berildi.

Tadbirda ishtirok etgan talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga masʼullar tomonidan batafsil javob olishdi.

Xudoybergan JABBOROV,

“Postda” muxbiri.  

Xorazm viloyati.