Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida Buxoro davlat universitetida yoshlar orasida jinoyatchilik hamda giyohvandlik vositalarining tarqalishining oldini olish boʻyicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda IIV masʼul xodimi, podpolkovnik A.Hasanov va viloyat IIB HPB boshligʻi, mayor Sh.Xalilov boshchiligidagi masʼullar, viloyat Narkologiya dispanseri narkolog shifokorlari hamda pedagog va talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda oʻtgan yilda oliygoh talabalari tomonidan sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar tahlil qilinib, kelgusida bu kabi salbiy holatlarning oldini olishga doir olib borilishi lozim boʻlgan profilaktik chora-tadbirlar xususida oʻzaro fikr almashinildi. Shuningdek, yoshlar, xususan, talabalar oʻrtasida giyohvandlik moddalarini isteʼmol qilishning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida mulohazalar yuritilib, mavzuga doir ijtimoiy rolik namoyish etildi.
S.GʻANIYEVA,
BuxDU jurnalistika taʼlim yoʻnalishi talabasi.
