Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bayrami Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan 12-maktabda oʻzgacha tarzda nishonlandi. Shu kuni bayram tadbiriga ikki nafar muddatli harbiy xizmatchi kirib kelib, uztozlarga ehtirom koʻrsatdi. IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7257-sonli harbiy qismda xizmat qilayotgan oddiy askarlar U.Omonov va S.Rustamov oʻzlariga taʼlim bergan ustozlarini bayram bilan muborakbod etib, chuqur minnatdorlik bildirishdi. Gul va sovgʻa-salomlarni topshirishdi. Bu eʼtibor va ehtiromdan ustozlarning boshi koʻkka yetdi.
Oʻz muxbirimiz.