IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, polkovnik Davron Ashurov xizmat safari bilan poytaxtimizda joylashgan 7534-harbiy qismda boʻldi.

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad ham shaxsiy tarkibning xizmat intizomi hamda maʼnaviy-ruhiy holati va bilim saviyasining qay darajada ekanligini aniqlashdan iborat edi.

Bu borada harbiy xizmatchilar bilan turli intellektual tadbirlar tashkil etilib, ularning salohiyati yana bir bor sinovdan oʻtkazildi.

Shuningdek, qoʻmondon oʻrinbosari komandir va boshliqlar tomonidan shaxsiy tarkib bilan “xodimbay” va yakka tartibdagi profilaktik ishlar qay darajada olib borilayotganligi bilan ham qiziqib, bu borada kamchiliklarga yoʻl qoʻygan ayrim mutasaddilar ogohlantirildi.

Shunday qilib, tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtgan yigʻilish yakunida polkovnik D. Ashurov ona Vatanimiz himoyachilarini masʼuliyatli kasbida yuzaga keladigan barcha qiyinchilik va mashaqqatlarni sabot bilan yengishga, yurtimizning har bir qarich yerini koʻz qorachigʻidek asrab, unga sodiq boʻlishga chorladi.

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.