Ayni kunlarda Jizzax viloyatida yoshlar orasida giyohvandlik va OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish yuzasidan targʻibot tadbirlari oʻtkazilayapti. Uchrashuvlarda IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi, podpolkovnik A. Matlyubov, giyohvand moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha respublika davlat komissiyasi yetakchi eksperti B. Roʻzimurodov va boshqalar giyohvandlik va OIV infeksiyasining jamiyatga zarari, bu yoʻnalishlarda sodir etilgan qonunbuzarliklarning huquqiy oqibatlari haqida maʼlumot bermoqdalar.

Shuningdek, tarkibida viloyat OITSga qarshi kurash markazi mutaxassislari, narkolog shifokorlar, farmasevtlar, mahalla faollari, imom-xatiblar hamda profilaktika inspektorlari boʻlgan ishchi guruhlar tashkil etilgan. Bu guruhlar tomonidan uyushtirilayotgan tadbirlarda mavzuga oid koʻrsatuvlar namoyish qilinib, turli eslatmalar tarqatilmoqda. Shuningdek, musobaqalar, koʻrik-tanlovlar, sahna koʻrinishlari, konsertlar oʻtkazilyapti. Mazkur jarayonga taniqli ijodkorlar, sportchilar va sanʼatkorlar jalb qilinayotir.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Rostda” muxbiri.

Jizzax viloyati.