Namangan viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan Namangan shahri hududida velosipedchilar bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida keng qamrovli targʻibot tadbirlari olib borildi.
Targʻibot davomida velosipedchilarga harakat vaqtida belgilangan yoʻlaklardan yurishlari, tungi vaqtlarda esa nur qaytargichli elementlar boʻlgan ustki kiyimda boʻlishlari, shuningdek, boshqaruvchidagi velosipedlarini old va orqa tomonida nur qaytaruvchi vositalar bilan jihozlanishi shartligi tushuntirildi.
Targʻibot yakunida velosipedchilarga nur qaytargichli kamzullar tarqatildi.
Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati.
