Kogon tumanida xotin-qizlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarlikning oldini olish borasida targʻibot tadbirlari kuchaytirildi. Jumladan, tuman IIB masʼul xodimlari tomonidan 2021 yilda ayollar tomonidan koʻp sodir etilgan firibgarlik va oʻgʻrilik jinoyatlari uchun qizil toifaga kiritilgan mahallalarda ushbu turdagi jinoyatlarning kelib chiqish sabablari tahlil qilingan holda keng jamoatchilik oʻrtasida muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, kelgusida aynan xotin-qizlarning jinoyat qurboniga aylanib qolmasliklari, ushbu turdagi jinoyatlarning salbiy oqibatlari yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlarni kuchaytirilib, jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan bukletlar tarqatishmoqda. Mahallalarda ijtimoiy muhit barqarorligini taʼminlash, oila-turmush doirasida xotin-qizlarning haq-huquqlarini himoya qilish, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, turli salbiy illatlarga qarshi kurashish, oilalarda sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida notinch oilalar muammolari oʻrganilib, nizolarni bartaraf etish, tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarga himoya orderlari berilib, ularning huquqlari kafolatlari taʼminlanmoqda.

M. AHADOV,

“Postda” muxbiri.

Buxoro viloyati.