Buxoro shahar IIOFMB masʼul xodimalari tomonidan xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan ochiq muloqot tarzidagi targʻibot tadbirlari Buxoro davlat universiteti yigʻingohida oʻtkazildi. Tadbir davomida talaba-qizlarga xotin-qizlar uchun himoya orderining ahamiyati, tazʼyiq va zoʻravonliklarni yoʻqotish, ayollarni bu kabi unsurlardan muhofaza qilish uchun olib borilayotgan profilaktik tadbirlar xususida atroflicha maʼlumot berildi.
Tadbirda talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi va batafsil javob oldilar.
Buxoro viloyati IIB axborot xizmati.
