Ijtimoiy tarmoqlarda «Sirdaryo tumani «Sholikor» Mfyda yovvoyi toʻngʻizlar aholiga hujum qilayotgani, natijada odamlar jarohatlanayotgani aytilmoqda», mazmunidagi videotasvir tarqaldi. Xabar yuzasidan masʼul idoralar tomonidan quyidagicha munosabat bildirildi:
2022 yilning 7 oktyabr kuni Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, viloyat IIB JXX va JTSB hamda Ovchilik birlashmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda Guliston tumani «Chortoq» mahallasida fuqaro B.A. ov quroli yordamida ov qoidalarini buzib, yovvoyi choʻchqa ovlaganligi aniqlangan. Fuqaro B.A. ga nisbatan Mjtkning 90-modda 1-qismi bilan jarima jazosi belgilangan. Videotasvirdagi yovvoyi choʻchqaning odamlarga tashlanganlik holati (videomontaj) ushbu jarayonga taalluqli emas.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
«Postda» muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
