Navoiy viloyati IIB Tibbiyot boʻlimi poliklinikasi shifokorlari tomonidan turli mavzularda targʻibot tadbirlari oʻtkazilib turiladi. Navoiy IIV akademik litseyi oʻquvchilari uchun tashkil etilgan bu galgi tadbir "Suvchechak kasalligi va uning profilaktikasi" mavzusiga bagʻishlandi.
Unda soʻzga chiqqan pediatr shifokorlar suvchechakning yuqish yoʻllari va asoratlari haqida batafsil toʻxtalishdi. Shuningdek, kasallikning belgilari sezilganda, darhol mutaxassis shifokorga murojaat qilish, iloji boricha atrofdagilar bilan muloqotda boʻlmaslik, toʻgʻri ovqatlanish, gigiyena qoidalariga doimo rioya qilish borasida tavsiyalar berishdi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
