Angor tumanidagi Navroʻz mahallasida yashovchi Nargiza Isayeva (ism-shariflar oʻzgartirilgan)ning uyiga tanishi Salomat Norboyeva mehmonga keladi. Salomat dugonasi bilan ancha chaqchaqlashib oʻtirib, mehmonnavozlik tugagach, uyiga ketayotib Nargizaga tegishli 38250000 soʻmlik tilla taqinchoqlarni ham oʻzi bilan yashirincha olib ketadi.
Nargiza tilla buyumlari joyida yoʻqligini bilgach, bu haqda turmush oʻrtogʻiga aytdi. Turmush oʻrtogʻi tuman IIBga ariza bilan murojaat qildi.
Koʻrilgan choralar natijasida Muzrabot tumani Obihayot mahallasida yashovchi Salomat Norboyeva tilla taqinchoqlarni oʻgʻirlagani oshkor boʻldi va unga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
Feruza RAHMONQULOVA,
“Postda” muxbiri.
Surxondaryo viloyati.
