Kosonsoy tumani IIB boshligʻi, podpolkovnik B.Shukurov, 3-sektor hududidagi mahallalar faollari bilan uchrashib, «Tinchlik va shukronalik qadri» mavzusida ochiq muloqot oʻtkazdi.
Suhbat davomida yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, har bir fuqaro uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida soʻz bordi. Dunyoning ayrim mamlakatlaridagi notinchlik, beqarorlik muhiti yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetishga undashi alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, hududlar obodligi va yashil makonlarni kengaytirish borasidagi ishlarda barchani faollikka chorladi.
G. Buvamirzayeva,
oʻz muxbirimiz,
Namangan viloyati.
