Amudaryo tumanida «kannabis» giyohvandlik oʻsimligini ekib, parvarish qilib kelayotgan fuqaro aniqlandi, deya xabar beradi Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, Amudaryo tumani hududida ichki ishlar va qator huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida ushbu tumanda yashovchi 1979 yili tugʻilgan S.X. ismli shaxs oʻziga tegishli tomorqada giyohvandlik oʻsimliklar sirasiga kiradigan «kannabis» oʻsimligini ekkanligi aniqlangan.
Ushbu holat boʻyicha tuman IIB tergov guruhi tomonidan Jinoyat Kodeksining 270-moddasi 1-boʻlimi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Azamat PIRNIYAZOV,
«Na postu» muxbiri.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi.
