Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tuman Iibda kutubxona tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida tashkil etilgan mazkur kutubxonada shaxsiy tarkib sonidan kelib chiqqan holda axborot-kutubxona fondi shakllantirildi.
Endilikda shaxsiy tarkib badiiy, publitsistik, ilmiy-ommabop, oʻquv, maʼnaviy-maʼrifiy va boshqa yoʻnalishdagi adabiyotlarni mutolaa qilishlari mumkin.
Azamat PIRNIYAZOV,
“Na postu” muxbiri.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi.
