Koʻhna Buxoroi sharif oʻzining sharqona jozibasi hamda jilosi bilan hamisha xorijiy hamda mahalliy sayyohlar diqqat markazida boʻlib kelmoqda. Yiliga minglab sayyohlar qadim tarixni oʻzida aks ettirgan obidalarni koʻrish uchun tashrif buyurishadi.

Viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari sayyohlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, xavfsiz sayyohlik muhitini yaratish, shuningdek, mehmondoʻstlik fazilatlarini namoyon etib, jamoat tartibini saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelishmoqda. Bundan tashqari, sayyohlar tomonidan boʻlgan har qanday murojaat oʻz vaqtida hamda ijobiy hal etilishi yoʻlga qoʻyilgan.

Koʻrsatilayotgan amaliy yordamlar oʻzining ijobiy samarasini berib, sayyohlar hamisha minnatdor boʻlishmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, viloyatning turizm salohiyatiga oʻzining ijobiy taʼsirini koʻrsatmoqda.

M.RAShIDOVA,

katta leytenant.

Buxoro viloyati.