“Diqqat piyoda” profilaktik tadbiri doirasida Toshkent viloyati Bekobod shahridagi piyodalar koʻp harakatlanadigan gavjum joylarda yoʻl-patrul xizmati xodimlari tomonidan targʻibot-tashviqot ishlari olib borilib, bu borada fuqarolarga keng tushuntirishlar berilmoqda.
Bunday saʼy-harakatlardan koʻzlangan asosiy maqsad, piyodalar ishtirokida sodir etilishi mumkin boʻlgan yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olishdan iboratdir.
Oʻz muxbirimiz.
