Viloyat ichki ishlar boshqarmasi masʼul xodimlari, boshqarma faxriylar kengashi aʼzolari, tuman IIB shaxsiy tarkibi va tizim faxriylari ishtirokida “Uch avlod” uchrashuvi oʻtkazildi.
Namangan viloyati IIB rahbariyati va faxriylar tomonidan uzoq yillar davomida ichki ishlar organlari navbatchilik qismlarida xizmat qilib, yosh avlodga oʻrnak va namuna boʻlib kelayotgan, hozirda nafaqa gashtini surayotgan hamda oʻzining 70 yoshini qarshilagan isteʼfodagi mayor Muhammadjon Saliyevga yubiley yoshga toʻlishi munosabati bilan boshqarma rahbariyatining tabriknoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Oʻz muxbirimiz,
Namangan viloyati.
