– Joriy yilning oʻtgan davrida 2673 ta yozma va ogʻzaki murojaatda koʻtarilgan muammolarning 1516 tasiga ijobiy yechim topildi, – deydi Jizzax viloyati IIB Tashkiliy boshqarmasi murojaatlar bilan ishlash guruhi katta inspektori, mayor Furqat Joʻrayev.
– Fuqarolar boshqarmamizga yozma, ogʻzaki, uyali aloqa vositalari, elektron manzil yoki pochta orqali murojaat qilishadi. Murojaatni toʻliq, xolisona va oʻz vaqtida oʻrganish, koʻtarilgan masalaga qonunan yechim topish, umid bilan kelgan har fuqaroni rozi qilish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.
Darhaqiqat, ayni maqsadda ichki ishlar organlari masʼullarining sayyor qabullari uyushtirilyapti. Zaruratga koʻra, arizachiga murojaat ijrosi yuzasidan xabarnomalar yoʻllanayotir.
Aytish joizki, ichki ishlar organlariga qilingan har qanday murojaat sohaning murojaatlar bilan ishlash boʻlinmalarida roʻyxatga olinadi, unda koʻtarilgan muammo va masalalarni hal qilish muddatlari belgilanadi va qatʼiy nazorat ostiga olinadi. Xuddi shunday, mazkur masalaga shahar va tuman ichki ishlar boʻlimlarida 2 nafar rahbar xodim masʼul etib biriktirilgan.
Alijon ABDUSATTOROV,
oʻz muxbirimiz.
Jizzax viloyati.
