Mingbuloq tumani Mustaqillik mahallasida giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlash bilan bogʻliq jinoyat yuzasidan keng jamoatchilik ishtirokida oʻtkazilgan muhokama yigʻilishida umrini xazon qilayotgan kimsalarning qilmishlari tanqid ostiga olindi.

Tuman IIB boshligʻi, podpolkovnik Gʻ.Gʻaniyev jinoyat boʻyicha maʼlumotlarni ochiqlar ekan, ushbu jinoyat oqibatlari, qonunchilikda belgilangan jazo choralari, shuningdek, mahallada shu kungacha sodir etilgan jinoyatlar tahlili yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shundan soʻng muxokamadagi jinoyat va uni sodir etgan shaxs yuzasidan jamoatchilik fikri eshitildi.

Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,

“Rostda” muxbiri.

Namangan viloyati.