Respublikamizda ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimiz boʻylab amalga oshirilayotgan «Yashil makon» umummilliy loyihasida Ichki ishlar organlari xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

Jumladan, IIV Moliya va moddiy texnik taʼminoti departamenti hamda uning tasarrufidagi boshqarmalar bilan birgalikda Oʻzbekiston sanatoriysida manzarali va mevali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi. Xodimlar koʻchat tanlashda hudud maydoni va iqlim sharoitiga ahamiyat qaratishdi. Shu bilan birgalikda ilgari ekilgan daraxtlarni ham parvarishlashga alohida eʼtibor berildi.


Taʼkidlash joizki, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida oʻtkazilayotgan bu kabi tadbirlar har bir inson qalbida ona tabiatni asrab-avaylash, mehr qoʻyishdek ezgu fazilatlarni mustahkamlaydi.