Fargʻona viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi xotin-qizlar va ijtimoiy masalalar boʻyicha boʻlimi tomonidan mahallalarda, korxona-tashkilotlarda, oʻquv yurtlarida huquqiy profilaktik tadbirlar muntazam ravishda oʻtkazilmoqda. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Fargʻona davlat universiteti yotoqxonasi hamda matematika fakultetida tashkil etilgan uchrashuvda xotin-qizlarga nisbatan qilinishi mumkin boʻlgan tazyiq va zoʻravonliklar profilaktikasi boʻyicha oʻzaro fikr almashildi.

Tadbirda soʻz olganlar xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, tazyiq va zoʻravonliklarga yoʻl qoʻymaslik, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ijtimoiy-ruhiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash kabi masalalarda soʻz yuritdilar.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.