Toshloq tumani IIB Tashkiliy boʻlim murojaatlar bilan ishlash guruhi katta inspektori, kapitan Dostonbek Gʻulomov ustozlar oʻgitiga tayanib xizmat olib borayotgan va koʻplab yutuqlarga erishib kelayotgan kasb fidoyilaridan biridir.

U 2019 yilda IIV Akademiyasining tezkor qidiruv faoliyati yoʻnalishini tugatib, Toshloq tuman IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimida ish faoliyatini boshlagan. Endilikda aholidan tushayotgan murojaatlar bilan ishlashda ham faollik koʻrsatyapti.

Yosh va fidoyi xodimning 2020 yil 26 avgust kuni Prezident farmoniga koʻra, «Mehr-saxovat» koʻkrak nishoni bilan mukofotlangani, oʻtgan yillar davomida viloyat hokimligi hamda IIB rahbariyati tomonidan bir necha marotaba ragʻbatlantirilgani ham uning xizmatiga berilgan munosib bahodir.

Joriy yilning oʻtgan 5 oyida Toshloq tumani IIB boshligʻi nomiga 295 ta murojaat kelib tushgan boʻlsa, ulardan 242 tasi ijobiy hal etildi. 12 ta murojaatchiga huquqiy maslahat berildi. Qolgan murojaatlar esa ayni paytda ijroga qaratilgan. Murojaatlarning oʻz vaqtida hal etilishi va fuqarolarning roziligini olishda kapitan Dostonbek Gʻulomovning munosib hissasi bor.

Abduvosit SIDIQOV,

oʻz muxbirimiz.

Fargʻona viloyati.