Bugun Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor A.I.Ikramov Qamashi tumanidagi “Qorabogʻ” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan 3- va 47 sonli, “Loyqasoy” mahalla fuqarolar yigʻinidagi 80- va 68-sonli Paxtaobod mahalla fuqarolar yigʻinidagi 59-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilarning taʼlim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, sinfxonalarining isitilishi, maktablardagi koʻmir zahiralarini oʻrgandi. 

Maktablarda oʻquv jarayonlarini tashkil etish, kuz-qish mavsumiga yetarli koʻmir zahirasi mavjudligi koʻzdan kechirildi. 

Oʻrganishda, masʼullarga energo-resurslardan isrofgarchilikka yoʻl qoʻymagan holda, maqsadli foydalanish, oʻquv xonalarini issiqlik bilan taʼminlash boʻyicha topshiriqlar berildi.

Markaziy isitish tizimi yoʻq maktablarning sinfxonalarida boʻlib, muqobil isitish tizimini oʻrnatish, xonalardagi haroratni talab darajasida ushlab turish uchun mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Shuningdek, tumandagi tezkor shtab rahbarlariga mahalla fuqarolar yigʻinlariga koʻmirni olib borib yarmarka tarzida sotishni yoʻlga quyish, ijtimoiy soha obektlari, koʻchalarni yaxmalakdan tozalash boʻyicha ham maʼsullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. 

Respublika ishchi guruhining oʻrganishlari davom etmoqda. 

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati