Shu yilning 21-22 may kunlari Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tashabbusi bilan Toshkent shahrida faxriylar va yoshlar yetakchilari ishtirokida «Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchdir» mavzuida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazilgan edi.
Anjumanda ishtirok etgan fargʻonalik faxriylar IIV maslahatchisi, general-polkovnik Z. Almatov hamda vazir oʻrinbosari, general-mayor A. Ikramov tomondan bildirilgan fikrlar, berilgan oʻgit va maslahatlardan taʼsirlanib, oʻzlari ham hududlarda yosh xodimlar bilan uchrashuvlar tashkil etishmoqda.
Masalan, mazkur anjumanda qatnashgan Fargʻona viloyatining Rishton tumanida istiqomat qiluvchi ichki ishlar organlari faxriysi, isteʼfodagi mayor Eminjon Obidov Fargʻonaga qaytiboq, oʻzi istiqomat qiladigan Rishton tuman ichki ishlar boʻlimida yosh xodimlar bilan uchrashdi.
– Biz fargʻonalik faxriylar tizimda amalga olirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini yosh xodimlar ongiga yetkazish, ularni tarbiyalashda vazirlik rahbariyatiga doim ishonchli qanot va kamarbasta boʻlamiz, – deydi, isteʼfodagi mayor Eminjon Obidov.
U yoshlar bilan uchrashuvda poytaxtdagi anjumandan olgan taassurotlari va maʼlumotlarini soʻzlab berdi va xodimlarni ona Vatanga muhabbatli, tanlagan kasbiga sadoqatli boʻlishga chaqirdi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
