Mamlakatimizda hukm surayotgan anomal sovuq fuqarolar oʻrtasida turli xavotirlarga sabab boʻlishi mumkin. Har qanday sinov oldida oʻzimizni yoʻqotmasdan aql bilan ish tutsak, foydadan holi emas.

Namangan shahar 3-sektor hududidagi "Chorsu" dexqon bozori shahar markazida joylashgan. Namangan shahar IIBFMB boshligʻi, podpolkovnik Gʻ. Rahmatullayev "Chorsu" dehqon bozorida oʻrganish olib bordi. Narx-navoni barqaror ushlash, shuningdek, sovuq xavfi sababli fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash va koʻngilsiz xodisalarning oldini olish maqsadida savdo rastalarining chidamlilik xolatlari koʻzdan kechirildi.

Bundan tashqari bozor hududida xizmat olib borayotgan xodimlarga hushyorlikni oshirishlari uchun, har 10-15 daqiqada vaziyat boʻyicha navbatchilik qismiga axborot berish boʻyicha yoʻriqnomalar berildi.

Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,

"Postda" muxbiri.

Namangan viloyati