Navoiy viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari oʻz xizmat hududidagi barcha korxona va tashkilotlarda, shuningdek temir yoʻl vokzalida doimiy ravishda sanitariya tadbirlari olib borishmoqda. Bundan tashqari, temir yoʻl vokzali hududida hamda temir yoʻl transportlarida harakatlanganda barcha yoʻlovchilar tibbiy himoya niqoblari va qoʻlqoplarida boʻlishlari, ijtimoiy masofani saqlashlari hamda yoʻnaltiruvchi maxsus tasmalar boʻylab harakatlanishlari talab etilmoqda.
Temir yoʻl vokzali kutish zalida oʻrnatilgan monitor orqali yoʻlovchilarni hushyorlikka chaqirish maqsadida karantin talablariga qatʼiy rioya qilish lozimligi toʻgʻrisidagi videoroliklar namoyish etib borilyapti. Yoʻlovchilar joʻnab ketganidan soʻng muntazam ravishda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda.
Butun jahon boʻylab koronavirusning yangi toʻlqini keng tarqalayotgani unga qarshi kurashish, karantin talablariga rioya etish aholi salomatligini saqlashda nechogʻlik zarurligi anglatadi. Buni nafaqat huquq-tartibot organlari xodimlari, balki har bir fuqaro anglab yetishi shart.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
