Oltinsoy tumanidagi «Jobu 1» mahallasida yashovchi Sanjar Toirov (ism-sharifi oʻzgartirildi) «Odnoklassniki.ru» ijtimoiy tarmogʻidagi profili orqali turli diniy aqidaparastlik gʻoyalariga yoʻgʻrilgan videomateriallarni virtual doʻstlari orasida tarqatadi. Uning bu harakati DXX viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB TEQKB xodimlari tomonidan tezkor tadbir davomida aniqlangach, tarqatilgan materiallar aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgani maʼlum boʻldi.
Qonunlarimizga koʻra, bunday maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlangani sababli S.Toirovga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
Avaz RAHIMOV,
Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi TB OʻMIB tergovchisi, mayor.
