Vobkent tumanida “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida targʻibot tadbirlari har hafta oʻtkazib kelinmoqda. Tadbirlarda tuman IIB Voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlari faol ishtirok etishmoqda. Jumladan, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida “Davomat” va “Tigʻ” tadbirlari olib borilmoqda.

    Tadbirlarda maktab masʼullari, oʻqituvchi va oʻquvchilar oʻrtasida savol-javoblar orqali turli illatlarning salbiy oqibatlari, firibgarlik, oʻgʻirlik va kiberjinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslik yoʻllari batafsil tushuntirilib, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga doir targʻibotlar olib borildi. Shuningdek, tungi vaqtlarda voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida profilaktik reyd tadbirlari oʻtkazildi.

        

Sh.RAHMONOV,

mayor.

Buxoro viloyati.