Fargʻona viloyati IIB HPB Xotin-qizlar va ijtimoiy masalalar boʻlimi tashabbusi bilan “Qayta va takror sodir etiladigan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda BMTning Gender tengligi hamda ayollar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish masalalari boʻyicha tuzilmasining Oʻzbekistondagi ekspert-konsulʼtanti ham ishtirok etdi.

Fargʻona davlat universitetining xotin-qizlar masalalari boʻyicha masʼul mutaxassislari, pisixologlar, mahalla otinoylari, nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etgan seminarda ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish kabi masalalarda oʻzaro fikr almashildi.

Ekspert-konsulʼtant mavzuga oid xalqaro tajribalar, shu yoʻnalishda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar haqida tahliliy maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashdi. Oʻz maslahat va tavsiyalarini berdi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.