Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga koʻmaklashish dasturi (BOMKA 10) yurtimizdagi hamkor davlat idoralari, mahalliy hokimiyat organlari, Davlat xavfsizligi xizmati chegara qoʻshinlari, Ichki ishlar, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirliklarining Buxoro, Xorazm, Navoiy, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi boshqarmalarida faoliyat yurituvchi xodimalar uchun Buxoro shahrida gender masalalariga bagʻishlangan ikki kunlik seminar tashkil etdi. Mazkur treningda viloyat IIB HPB boshligʻi oʻrinbosari, XQMBB boshligʻi, podpolkovnik Dilfuza Sharopova boshchiligidagi masʼullar ham faol ishtirok etishdi.
Bunda inson huquqlari, gender tengligi hamda mahalliy iqtisodiy rivojlanish orqali chekka hududlarda turmush sharoitini yaxshilash maqsadida transchegaraviy hamkorlikni kengaytirish masalalari borasida soʻz yuritilib, xalqaro gender muammolari haqida oʻzaro fikr almashildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.
