Maʼlumki, ob-havoning sovib borishi bilan aholi yashash xonadonlari, tashkilotlarda isitish vositalaridan foydalanish koʻlami oshadi. Bu jarayonda hamma ham xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi deyolmaymiz. Qoʻlbola isitish vositalarini ishlatayotgan, xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaydiganlar ham uchrab turadi. Bu esa koʻngilsiz vaziyatlarni keltirib chiqaradi. 

IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7253-harbiy qismda tashkil etilgan targʻibot tadbirida ana shular haqida soʻz bordi. Shaxsiy tarkibga gaz pechlarini yoqib nazoratsiz qoldirmaslik, yosh bolalarga yondiruvchi vositalarni bermaslik, qoʻlbola isitish vositalaridan foydalanmaslik yuzasidan tushunchalar berildi. Shu bilan birga, mutaxassislar favqulodda holatlar sodir boʻlganda harakatlanish boʻyicha zarur koʻrsatmalarni aytib oʻtdi.

Oʻz muxbirimiz.