Xatirchi tumani hududining kompleks rivojlantirish hamda aholi farovonligini taʼminlash maqsadida koʻplab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyat IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari hamda tuman hokimi ishtirokida oʻtgan bu galgi uchrashuvda 20dan ortiq murojaatlar koʻrib chiqildi.
Xususan, fuqarolarning ichki yoʻllarni taʼmirlash, tibbiy-ijtimoiy yordam va bandlik masalalari boʻyicha murojaatlari ijobiy hal etildi. Jumladan, “Chechak” MFYda istiqomat qiluvchi Rohat Maqsudova yolgʻiz onaligi va bir necha yildan buyon yashash xonadoni taʼmirtalabligi sababli yordam soʻrab murojaat qildi. Shu kunning oʻzida uning uyi “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan taʼmirlashga kirishildi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.