Zangiota tumanining Shodlik mahallasida yashovchi Iroda Mahkamova 3-sektor shtabidan yuzida quvonch alomatlari bilan chiqdi. Chunki u anchadan buyon subsidiya asosida tikuvchilikni yoʻlga qoʻyib, tadbirkorlik qilishni diliga tugib yurgan edi. Amaliy yordam soʻrab qilgan murojaatidan soʻng uning orzulari amalga oshadigan boʻldi...
Zangiota tumani 3-sektorida 17 ta mahalla fuqarolar yigʻini boʻlib, hududda qariyb 62000 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush darajasini oshirish hamda mavjud muammolarni hal etish maqsadida korxona-tashkilot vakillari, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari tomonidan qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida sektor shtabi aʼzolari tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida mahallalarda
24 marotaba ommaviy sayyor qabullar oʻtkazildi. Natijada fuqarolarning 125 ta murojaati koʻrib chiqilib, ularning
67 tasi qanoatlantirildi, qolganlari yuzasidan esa asosli tushuntirish berildi.
Aholining 11 ming 256 nafarini 16–30 yoshgacha boʻlganlar tashkil etadi. Ishsiz boʻlgan
90 nafar yoshning
24 nafariga bahorda
3,6 gektar boʻsh va oʻzlashtirilmagan yerlar tuman hokimi qaroriga asosan 10 yilga ijara shartnomasi asosida berildi. Shuningdek, sektorda ijtimoiy himoyaga muhtoj 148 nafar shaxs «Yoshlar daftari»ga kiritilib, ularning
116 nafariga amaliy yordam koʻrsatilib, muammolari ijobiy hal etildi. Jumladan, 38 nafar yosh oʻzini oʻzi band qilishi uchun subsidiya asosida mehnat qurollari olib berildi. 35 nafarining kontrakt toʻlovi, 7 nafarining harbiy safarbarlik toʻlovlari toʻlandi. Bundan tashqari, tibbiy yordamga muhtoj 9 nafar yoshning sogʻligʻini tiklashi uchun bir martalik moddiy yordam koʻrsatildi.
Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida barcha mahallalarda vorkautlar tashkil etilib, uyushmagan yoshlar oʻrtasida sektor rahbari va mahalladagi yoshlar yetakchilari boshchiligida jami 586 marta turli madaniy-maʼnaviy, vatanparvarlik hamda sanʼat tadbirlari va sport musobaqalari oʻtkazildi.
Maʼlumot oʻrnida aytish lozimki, 3-sektor hududidagi 11 ta maktabda 190 ta sport, 22 ta musiqa toʻgaragiga 1250 nafar yoshlar qamrab olingan. Ularning dunyoqarashini kengaytirish va kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida maktab kutubxonalariga 390 dan ortiq kitoblar foydalanish uchun sovgʻa qilindi.
Hududda osoyishtalikni taʼminlash eng muhim vazifa. Shu bois jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, sodir etilganlarining kelib chiqish omillarini tahlil etish alohida ahamiyatga ega.
Tuman IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari, polkovnik Dilshod Muxamedjanovning taʼkidlashicha, aholi, xususan, yoshlarda jinoyatchilik va uning ayanchli oqibatlari toʻgʻrisida tasavvurlarning shakllanishi uchun mahallalarda oʻtkazilgan jinoyat muhokamalarida ishtirok etishlariga alohida ahamiyat berilyapti. Profilaktika inspektorlari ishtirokida turli tadbirlarning oʻtkazilishi, uyushmagan yoshlar ishtirokida mahalladagi yoshlar yetakchilari bilan birgalikda tadbirlarning tashkil etilishi ijobiy samara berayotganini eʼtirof etish lozim.
Ichki ishlar organlari, mahalla faollari va boshqa jamoatchilik vakillari hamkorligida olib borilayotgan saʼy-harakatlar natijasida mahallalarda jinoyatchilik keskin kamaydi. Lekin bu xotirjamlikka berilishga asos boʻlmaydi. Mavjud mahallalarning yettitasida umuman jinoyat sodir etilmadi. Ana shunday mahallalardan biri Navbahor mahallasidir.
«Navbahor» mahalla fuqarolar yigʻinida
2889 nafar aholi istiqomat qiladi. Aholining aksariyati dehqonchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullanadi. Mahallada
12 ta kichik biznes va tadbirkorlik subʼektlari tashkil etilib, 2 ta kichik biznes va tadbirkorlik subʼektlari faoliyati qayta tiklandi.
Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida aholiga qulaylik yaratish doimiy eʼtiborda. Masalan, kooperatsiya (etakchi tadbirkor, kasanachilik) asosida ish tashkil etilishi boʻyicha 6 nafar fuqaro dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, sanoat, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik, dehqonchilik va boshqa xizmat koʻrsatish yoʻnalishida 6 ta tadbirkorga biriktirilgan.
Sherzod ABDUSAMADOV,
«Postda» muxbiri.
Ikrom HASANOV
olgan suratlar.
Toshkent viloyati.
