Jizzax shahrida hududiy IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari boshliqlari ishtirokida oʻquv seminari tashkil etildi. Mazkur jarayonda yigʻilganlarning chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibiga oid tushunchalari boyitildi. Shuningdek, xorijliklarga tegishli biometrik hujjatlar hisobini yuritish va mazkur hujjatlarni yoʻq qilish masalalari eʼtiborda boʻldi.

Alijon ABDUSATTOROV,

oʻz muxbirimiz.

Jizzax viloyati.