Fargʻona viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻining xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, podpolkovnik Raʼnoxon Qodirova ichki ishlar organlarida ish boshlagan yosh xodimalar, ularning murabbiylari va ota-onalari bilan suhbatlashdi.
Suhbatlarda xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilish, kasbiy mahoratni oshirish yuzasidan zarur tushunchalar berilib, vazirlikning sohaga oid tegishli buyruq va koʻrsatma talablari yetkazilyapti.
Bundan tashqari, xodimlarning yashash sharoiti, oilasining ijtimoiy-maʼnaviy muhiti “xodimbay” usulida oʻrganib chiqilmoqda. Oʻrganish natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan zarur amaliy yordam berish choralari koʻrilyapti.
Abduvosit SIDIQOV,
oʻz muxbirimiz.
Fargʻona viloyati.
